Saudiya Arabistoni bu yilgi Haj ziyorati asosiy shartini e’lon qildi

Saudiya Arabistoni bu yilgi Haj ziyorati asosiy shartini e’lon qildi

 

 

 

 

 

Bu yil Haj ziyoratiga boruvchilar COVID-19 ga qarshi albatta vaksina qabul qilgan bo‘lishlari shart. Saudiya Arabistoni sog‘liqni saqlash vaziri Taufiq ar-Rabia bu haqda ma’lum qildi.

Haj safari iyul oyining ikkinchi yarmiga to‘g‘ri keladi.

TASS xabariga ko‘ra, 2020 yili koronavirus pandemiyasi sababli atigi 10 ming kishi Haj amallarini bajardi: 30 foizi saudiyaliklar, 70 foizi xorijliklar. O‘shanda 20-50 yoshlar oralig‘idagi, surunkali xastaliklari bo‘lmaganlar, ilgari ziyoratga kelmaganlar va karantin davri talablariga ko‘nganlarga cheklangan tartibda maxsus ruxsatnomalar berilgandi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!