Samvel Babayan "Lokomotiv"ga bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda

Samvel Babayan "Lokomotiv"ga bosh murabbiy bo‘lishi kutilmoqda

Toshkentning «Lokomotiv» klubi murabbiylar shtabida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda.

Tribuna.uz manbasi ma’lumot berishicha, «temiryo‘lchilar» rahbariyati bosh murabbiy Andrey Fyodorovni iste’foga chiqarishga qaror qilgan. Uning o‘rniga klub prezidentining maslahatchisi sifatida ishlab kelayotgan Samvel Babayan tayinlanishi kutilmoqda.

Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Fyodorov kecha, OCHL guruh bosqichining so‘nggi turi doirasida Toshkentda «Ar-Rayyan»ga qarshi kechgan o‘yindan keyin (3:2) lavozimidan ozod etilishi mo‘ljallangan, ammo iste’fo noma’lum sababga ko‘ra kechiktirilgan.

Andrey Fyodorov bir yil oldin, 2018 yil aprel oyida Andrey Miklyayev o‘rniga «Lokomotiv» bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!