Rossiya 1 iyuldan boshlab bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qildi

Rossiya 1 iyuldan boshlab bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qildi

Rossiya 1 iyuldan bir oy muddatga BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladi.

Bu haqda RIA Novosti yozmoqda.

Rossiya raislik davrida uchta asosiy tadbirni rejalashtirgan.

Ko‘p tomonlama hamkorlik bo‘yicha ochiq munozaralar yanada adolatli va barqaror dunyo tartibini barpo etish uchun rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, 17 iyul kuni Yaqin Sharqdagi mojarolarni hal qilish bo‘yicha ochiq munozaralar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, 19 iyul kuni Xavfsizlik kengashida BMT va mintaqaviy tashkilotlar – KXSHT, MDH va SHHT o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha munozaralar bo‘lib o‘tadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!