"Qo‘yliq" bozorida 16 yoshli qizga nisbatan jinoyat sodir bo‘ldi

"Qo‘yliq" bozorida 16 yoshli qizga nisbatan jinoyat sodir bo‘ldi

22-iyun kuni soat 14.30 da Bektemir tumanida “Qo‘yliq” bozori yonidagi yer-osti yo‘lagida 43 yoshli andijonlik Nabijon I. 16 yoshli Iroda I.ning sumkasidan yashirincha 65.000 so‘m va narxi 150 AQSh dollariga teng bo‘lgan “Iphone 6S” telefonini o‘g‘irlagan.

Jinoyat joyidan yashirinmoqchi bo‘lganida Nabijon I. IIBB PPX xodimlari tomonidan qo‘lga olindi. Unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O‘g‘rilik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!