Qo‘qonda ota 3 nafar farzandi uchun aliment o‘rniga uy berdi

Qo‘qonda ota 3 nafar farzandi uchun aliment o‘rniga uy berdi

MIB Qo‘qon shahar bo‘limi ish yurituvida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qo‘qon tumanlararo sudining tegishli buyrug‘iga asosan qarzdor I.B.dan I.N. foydasiga uch nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/2 qismi miqdorida aliment undirish haqidagi ijro hujjati mavjud edi.

N.I.ga farzandlari voyaga yetgunga qadar bo‘lgan davr uchun hisoblangan 110 mln so‘m aliment pulini to‘lash haqida taklif bildirilgan.     

Unga ko‘ra, qarzdor B.I. Qo‘qon shahrida joylashgan 2 xonali kvartirasini sobiq turmush o‘rtog‘i N.I.ga oldi-sotdi shartnomasiga asosan aliment puli hisobidan o‘tkazib berishini ma’lum qilgan. 

Natijada, xonadon 110 mln so‘mga baholanib, N.I.ning nomiga o‘tkazilishi bo‘yicha notarial idorada tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!