Qozog‘istonda SMS orqali pensiyaga chiqarish boshlandi

Qozog‘istonda SMS orqali pensiyaga chiqarish boshlandi

Hozircha loyiha «Fuqarolar uchun hukumatlar» ishchilari o‘rtasida tatbiq etilayotgan bo‘lib, tashkilotda 22 ming kishi ishlaydi.

Ilgari  penisonerlar, albatta, aholiga xizmat ko‘rsatish markazlariga borishi va qator hujjatbozliklarni boshdan o‘tkazishiga to‘g‘ri kelardi.

Endilikda pensiya yoshiga 10 kun qolgan kishiga xizmatni proaktiv yo‘l bilan rasmiylashtirish haqida SMS-xabar keladi. Bunga rozilar «ha» so‘zini qaytarib jo‘natib yuborsa kifoya. Albatta, proaktiv xizmatdan foydalanish uchun fuqaro o‘z mehnat faoliyati haqidagi ma’lumotlarni Mehnat shartnomalari yagona tizimiga oldindan taqdim etgan bo‘lishi shart, — deydi Jamoatchilik bilan ishlash departamenti direktori Murat Jumanboy.

Loyiha sinovdan o‘tsa, boshqa tashkilotlarda ham joriy etishga kirishiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!