Qoraqalpog‘istonda virus blokatorlarning noqonuniy savdosi fosh bo‘ldi

Qoraqalpog‘istonda virus blokatorlarning noqonuniy savdosi fosh bo‘ldi

Mamlakatimizda e’lon qilingan karantin va bugungidek sinovli vaziyat o‘z navbatida butun xalqimizdan birlik va birdamlikda barcha qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilishimizni talab etmoqda. Ammo ayrim fuqarolarimiz tomonidan, o‘z manfaatlari yo‘lida tartib qoidalarni qo‘pol ravishda buzishga urinish holatlari ham uchrab turibdi.

Xususan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish va bojxona auditi bo‘limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar bilan hamkorlikda Nukus shahrida tezkor tadbir o‘tkazishdi. Bu haqda Davlat Bojxona qo‘mitasi xabar berdi.

Tadbir davomida fuqaro N.A. “shartli xaridor”ga oldindan kelishilgan, sifati kafolatlanmagan va tegishli hujjatlari bo‘lmagan jami 100 dona virus blokator tibbiy vositalarini 12 million so‘mga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!