Qirg‘iziston Qozog‘iston polisiyasiga 50 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi

Qirg‘iziston Qozog‘iston polisiyasiga 50 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi sel oqibatlarini bartaraf etish uchun Qozog‘iston polisiyasiga 50 tonnadan ortiq insonparvarlik yordami jo‘natdi.

Qozog‘iston Respublikasi huquq-tartibot idoralariga dori-darmonlar, rezina etiklar, dizel va elektr generatorlari, puflanadigan qayiqlar, chodirlar, matraslar, oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shaklar yetkazib beriladi.

“Bunday damlarda bir-birimizni qo‘llab-quvvatlash muhim”, - deya izoh berdi vazirlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!