Qashqadaryoda qonun posboniga 6 000 000 so‘m taklif qilishdi

Qashqadaryoda qonun posboniga 6 000 000 so‘m taklif qilishdi

Qashqadaryo viloyati Kasbi tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi xodimi, 2020 yil 03 fevral kuni tuman IIB boshlig‘i nomiga bildirgi bilan murojaat qilib, unda o‘zining ish yurituvida Kasbi tumani “Xo‘jaxayron” mahallasida yashovchi fuqaro 34 yoshli S.X.ning uyidagi somonxonasida noqonuniy ravishda qo‘lbola usulda yasalgan juvoz uskunasini o‘rnatib paxta chigitidan yog‘ va shrot yemi ishlab chiqarayotganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv hujjatlari borligini, tekshiruv jarayonida S.X. undan o‘ziga nisbatan qonuniy chora ko‘rmaslik va jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror qabul qilishini so‘rab, evaziga jami 6.000.000 so‘m miqdorida pora taklif qilayotganligini bildirib, S.X.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Shu bildirgiga asosan 2020 yil 03 fevral kuni soat 21-35 da IIV O‘z xavfsizlik boshqarmasi Qashqadaryo viloyati bo‘yicha bo‘limi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi Kasbi tumani bo‘limi va Kasbi tumani prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, fuqaro S.X. pora sifatida taklif qilgan jami 7.500.000 so‘m va 200 AQSh dollarini xodimning xizmat xonasida unga berayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan va pullar tegishli tartibda rasmiylashtirilib olingan. 

Hozirda mazkur holat yuzasidan Kasbi tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!