Qashqadaryoda bosh ginekologning jinoyati fosh bo‘ldi

Qashqadaryoda bosh ginekologning jinoyati fosh bo‘ldi

Qashqadaryo viloyati perinatal markazi bo‘lim boshlig‘i J.E. ta’magirlikka qo‘l urdi.

Ma’lum bo‘lishicha, viloyat perinatal markazida ginekologiya bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan J.E. Qarshi shahridagi “Qarliqobod” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro, uy bekasi R.D.da ginekologik jarrohlik amaliyotini o‘tkazadi. Shundan so‘ng ayni shu “xizmati” uchun undan 2 000 000 so‘m pul talab qiladi.  

Qarshi shahar IIOFMB tezkor xodimlari va boshqa huquq-tartibot organlari vakilari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda shifokor fuqarodan 1 500 000 so‘m miqdoridagi pulni o‘z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Manba: postda.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!