Qanday bemorlar ambulatoriyada davolanishda imtiyozli dori vositalari bilan ta’minlanadi?

Qanday bemorlar ambulatoriyada davolanishda imtiyozli dori vositalari bilan ta’minlanadi?

Quyidagi shaxslar ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli ta’minlanish huquqiga ega. Adliya vazirligining “ Huquqiy axborot” kanali xabar bermoqda.

- Onkologik kasalliklarga chalinganlar;

- Sil kasalligiga chalinganlar;

- Moxov kasalligiga chalinganlar;

- Endokrinologik kasalliklarga (qandli va qandsiz diabetga) chalinganlar;

- Ruhiy kasalliklarga chalinganlar;

- OIV kasalligini yuqtirganlar;

- Yurak klapanini protezlash va organlarni ko‘chirish yuzasidan operasiya qilingan shaxslar;

- O‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz pensionerlar;

- 1941—1945 yillardagi urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek ularga tenglashtirilgan shaxslar;

- 1941—1945 yillardagi urush mehnat fronti qatnashchilari;

- Chernobil AESidagi halokat oqibatlarini tugatishda qatnashgan — nogiron shaxslar;

- Baynalmilalchi jangchilar;

- Harbiy xizmatni yadro poligonlarida va boshqa radiasiya-yadro ob’ektlarida o‘tagan pensiya yoshidagi shaxslar.

Manba: darakchi. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!