Putin Qatarga tashrif buyuradi

Putin Qatarga tashrif buyuradi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin yaqinda Qatarga tashrif buyuradi, deya Rossiyaning Qatardagi elchisi Nur Muhammad Holovning so‘zlarini keltiradi Anadolu agentligi.

Uning ta’kidlashicha, bu tashrifda asosan ikki tomonlama munosabatlar, Suriya inqirozidagi so‘nggi voqealar va Qatarni S-400 raketa mudofaa tizimi bilan ta’minlash imkoniyatlari muhokama qilinadi.

Moskva tomonining Fors ko‘rfazi inqirozi bo‘yicha fikrlari, ikki mamlakat o‘rtasida xalqaro gaz bozoridagi muvofiqlashtirish kabi masalalar ham muhokama qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili iyul oyida Qatar amiri shayx Tamim ibn Hamad Oli-Tani Moskvaga tashrif buyurgan va Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan mintaqaviy masalalarni, jumladan, Fors ko‘rfazidagi inqirozni ham muhokama qilgan edi.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!