Putin Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi

Putin Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fransiyaning sobiq prezidenti Jak Shirakning dafn marosimida ishtirok etadi, dedi davlat rahbari matbuot kotibi Dmitriy Peskov 28 sentyabr kuni.

Shirak 30 sentyabr kuni Montparnasse qabristonida, katta qizi Laurensning qabri yoniga dafn etiladi.

Dafn marosimi tor oilaviy doirada o‘tkazilishi taxmin qilinmoqda, sobiq prezidentning ba’zi do‘stlari, davlat rahbarlari shu jumladan, Putin ham taklif qilingan.

Eslatib o‘tamiz, Jak Shirak 26 sentyabr kuni 87 yoshida vafot etdi. U 1995 yildan 2007 yilgacha Fransiya Respublikasi rahbari lavozimida ishlagan.

30 sentyabr Fransiyada milliy motam kuni deb e’lon qilingan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!