Prezident COVID-19’ga qarshi emlash bepul bo‘lishini aytdi

Prezident COVID-19’ga qarshi emlash bepul bo‘lishini aytdi

Argentinada koronavirus infeksiyasiga qarshi Rossiyaning «Sputnik V» vaksinasi bilan emlash bepul amalga oshiriladi. Mamlakat prezidenti vaksinani iloji boricha tezroq olib kelish bo‘yicha topshiriq bergan. Bu haqda prezident yordamchisi Sesiliya Nikkolini ma’lum qildi.

«Prezident vaksinani iloji boricha qisqa vaqtda qo‘lga kiritish yuzasidan barcha choralarni ko‘rish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oldi», – degan davlat rahbari yordamchisi El Destape radiosiga bergan intervyusida.

«Vaksina bepul bo‘ladi. «Sputnik V»ning narxi 19,9 AQSh dollari, lekin u hamma uchun bepul bo‘ladi. Mamlakat aholisi tekinga emlanishi mumkin», – deya qo‘shimcha qilgan Nikkolini.

Shuningdek, u koronavirusga qarshi vaksinasiya qilish Argentina tarixidagi eng katta kampaniyalarda biri bo‘lishini qayd etgan. Mamlakat faqat Rossiya bilan vaksina sotib olish bo‘yicha muzokaralar olib borayotgani yo‘q, Argentina AstraZeneca va Pfizer kompaniyalari bilan ham kelishishga urinmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!