Pora olgan shaxsga nisbatan qanday jazo qo‘llanadi?

Pora olgan shaxsga nisbatan qanday jazo qo‘llanadi?

Pora berish, ya’ni mansabdor shaxslarga pora bergan shaxsning manfaatlarini ko‘zlab muayyan harakatni bajarishi uchun moddiy qimmatliklar berish (mulkiy manfaatdor etish):

9 mln 215 ming so‘mdan 18 mln 430 ming so‘mgacha jarima;

ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash;

besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Bu haqda "Huquqiy axborot" Telegram kanali xabar qildi.

Pora berish:

takroran, xavfli residivist yoki ilgari pora olgan, pora olishda vositachilik qilgan jinoyatlarni sodir etgan shaxs tomonidan yoki 55 mln 290 ming so‘mdan 92 mln 150 ming so‘mgacha miqdorda sodir etilgan bo‘lsa, besh yildan o‘n yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Pora berish:

92 mln 150 ming so‘m va undan ko‘p miqdorda;

ikki yoki undan ortiq shaxsning birgalikda jinoiy faoliyat olib borish uchun oldindan birlashishgan guruhi manfaatlarini ko‘zlab sodir etilgan bo‘lsa, o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Shaxsdan pora so‘ralgan bo‘lsa va ushbu shaxs jinoiy harakatlar sodir etilganidan keyin bu haqida o‘ttiz sutka mobaynida o‘z ixtiyori bilan arz qilsa, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lib, jinoyatni ochishda faol yordam bergan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod etiladi.

Manba: uz24.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!