Polsha Rossiyani pandemiya fonida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatayotganlikda ayblamoqda

Polsha Rossiyani pandemiya fonida noto‘g‘ri ma’lumot tarqatayotganlikda ayblamoqda

Polsha tashqi ishlar vaziri Yasek Chaputovich Rossiyani noto‘g‘ri ma’lumot uchun koronavirus pandemiyasidan foydalanishda aybladi.

Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Siyosatchining so‘zlariga ko‘ra, Moskva "Boltiqbo‘yi va Qora dengizda, Ukraina va Suriyada tahdid solmoqda" va "yangi koronavirus pandemiyasidan foydalanib “dezinformasiya” (noto‘g‘ri ma’lumot) kampaniyasini o‘tkazmoqda".

Chaputovich, shuningdek, NATO mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlarining videokonferensiyasida ishtirok etgan vazirlar Ukraina va Gruziya bilan "alyansga yaqin joyda barqarorlik va xavfsizlik zonasini kengaytirish" uchun hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi.

Avvalroq, Yasek Chaputovich mamlakatning Rossiya bilan munosabatlarni yaxshilash istagi borligini e’lon qilgandi. "Endi bu munosabatlarni yaxshi deb atash mumkin emas, ular tarang, ammo biz ularni yaxshilashni xohlaymiz", dedi vazir.

Uning fikricha, Polsha va Rossiya o‘rtasida normal munosabatlar bo‘lishi kerak, chunki ular qo‘shni davlatlardir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!