Pokistonda toshqin va yashin 63 insonning yostig‘ini quritdi

Pokistonda toshqin va yashin 63 insonning yostig‘ini quritdi

Pokiston tabiiy ofatlarni boshqarish boshqarmasi matbuot kotibi Xurshid Anvar ma’lum qilishicha, ushbu davlatda yuz bergan toshqin va yashin urishi tufayli qurbon bo‘lganlar soni 63 kishiga yetdi. O‘tgan dam olish kunlari Panjob, Balujiston va Xayber-Paxtunxva viloyatlarida yoqqan kuchli yomg‘ir 1370 xonadonga zarar yetkazgan.

Rasmiylar ta’kidlashicha, noqulay ob-havo sharoiti davom etishi qutqaruv va qidiruv ishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Pokiston meteorologiya xizmati xabariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi asnosida mamlakatda odatdagidan ancha kuchli yog‘in kuzatildi.

– Bu oy me’yordan 61 foiz ko‘p yog‘ingarchilik qayd etilgani iqlim o‘zgarishi uzoq vaqtdan beri mamlakatimiz hududiga sezilarli ta’sir qilganini ko‘rsatadi, – deyilgan rasmiy xabarda.

Suv toshqini infratuzilmaga jiddiy ziyon keltirgan.

2022 yil ham suv toshqini Pokistonning uchdan bir qismini qoplab, 2 000 ga yaqin odam tabiiy ofat qurboniga aylangan. Iqtisodiy zarar 30 milliard dollarni tashkil etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!