Pikassoning 11 ta asari 110 mln dollarga sotildi

Pikassoning 11 ta asari 110 mln dollarga sotildi

Pablo Pikassoning 11 ta san’at asari Las-Vegasdagi "Bellagio" mehmonxonasida kim oshdi savdosiga qo‘yildi. Auksionda 1973 yilda vafot etgan ispaniyalik rassomning to‘qqizta surati va ikkita keramik buyumlari namoyish etildi.

Ma’lum qilinishicha, to‘plam 50 yildan ortiq badiiy ijod mahsulotlarini o‘z ichiga oladi. Umumiy hisobda uning summasi 110 million dollarni tashkil etgan.

Unda 1938 yilgi Pikassoning sevgilisi va ilhomlantiruvchisi Mari-Teres Valter aks etgan surat - “Qizil-to‘q sariq beretli ayol” kartinasi kechaning eng yuqori baholangan asari bo‘lib, uning bahosi 40,5 million dollarga etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, dastlab mazkur namuna 20 million dollardan 30 million dollargacha sotilishi kutilgan edi.

Yana bir durdona asar - "Odam va bola" nomli katta hajmdagi portret 24,4 million dollarga sotilgan.

“Balandligi qariyb 2 m (6,5 fut) bo‘lgan 1959 yilgi asar Pikassoning faoliyatidagi ushbu muhim bosqichda erishgan yutuqlarining juda taʼsirli namunasidir”, deya voqeaga baho bergan Sotheby auksion uyi.

Shuningdek, sotuvga Pikasso tomonidan 1942 yilda fashistlarning Parijni bosib olgan paytida chizgan "Nature Morte au Paniyer de Fruits et aux Fleurs" (mevali savat va gullar bilan natyurmort) asari ham kiritilgan. U 16,6 million dollarga baholangan.

Mazkur to‘plamni yig‘ish 20 yildan ko‘proq vaqt oldin "Bellagio" mehmonxonasining sobiq egasi, amerikalik kazino magnati Stiv Uin tomonidan boshlangan.

Biroq, san’at asarlarini sotib olgan xaridorlarning ismlari oshkor etilmagan.

Ma’lumot uchun, Pikassoning shaxsiy rekordi 179,4 million dollarni tashkil etadi. Bu uning 2015 yilda "Jazoir ayollari" kartinasi uchun to‘langan summa edi.

Pikassoning kim oshdi savdosida sotilgan eng qimmat rasmlari:

Jazoir ayollari - 179,4 million dollar, 2015 yil

Gul savati ko‘targan yosh qiz - 115 million funt, 2018 yil

Yalang‘och, yashil barglar va büstü - 106,5 million dollar, 2010 yil

Quvurli bola - 104 million dollar, 2004 yil

Deraza yonida o‘tirgan ayol (Mari -Terez) - 103,4 million dollar, 2021 yil


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!