Oston O‘runov «Ufa»da o‘ziga yangi raqam tanladi

Oston O‘runov «Ufa»da o‘ziga yangi raqam tanladi

«Spartak» klubidagi yarim yillik faoliyatidan keyin yana «Ufa» klubiga qaytgan Oston O‘runovning boshqirdistonliklar safida qaysi raqamda to‘p surishi ma’lum bo‘ldi.

Klub matbuot xizmati xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchiga 10-raqamli futbolka topshirilgan. O‘runov 2020 yilgi mavsumda «Ufa» safida 6-raqam ostida to‘p surgandi, ammo hozirda ushbu raqam boshqa futbolchiga tegishli ekani sababli Oston 10-raqamni tanlagan.

Ma’lumot uchun, huquqiy jihatdan «Spartak» klubiga tegishli bo‘lgan Oston O‘runov yarim mavsumga «Ufa»ga ijaraga berildi. 

Avvalroq, «Ufa» O‘runov transferi uchun «Spartak»ka 1 million yevro taklif qilgani, Moskva jamoasi esa 3 million yevro so‘ragani haqida xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!