Olimpiada-2020: COVID-19ga qarshi kurashga 960 million dollar sarflanadi

Olimpiada-2020: COVID-19ga qarshi kurashga 960 million dollar sarflanadi

Tokio Olimpiadasi paytida koronavirusga qarshi kurashga deyarli milliard dollar sarflanadi.

Bu haqda bugun yapon ommaviy axborot vositalarida xabar berildi.

Ta’kidlanishicha, xarajatlarga tibbiy asbob-uskunalarni sotib olish va sinov tizimini tashkil etish kiradi. Ushbu mablag‘ning katta qismini Yaponiya hukumati ajratishi kutilmoqda.

Bundan tashqari, o‘yinlarning tashkiliy qo‘mitasi qo‘shimcha xarajatlar uchun yana 2 milliard dollar ajratishga qaror qilgan.

Tokio Olimpiadasining umumiy byudjeti hozir 14 milliard dollardan oshgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!