OCHL. "Navbahor" Eronda g‘alaba qozondi

OCHL. "Navbahor" Eronda g‘alaba qozondi

Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichi 4-turi doirasida "Navbahor" Tehronda "Nassajiy Mozandaron" klubi mehmoni bo‘lib, ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Namanganliklar uchrashuvda tezkor gol urishga muvaffaq bo‘lishdi. Temurxo‘ja Abduxoliqovning ortga bergan uzutmasidan so‘ng, Igor Golban 18 metrlardan kuchli zarba yo‘llagan holda, hisobni ochdi - 0:1.

Birinchi uchrshauv qahramoni Oston O‘runov 21-daqiqada ikki nafar raqib himoyachisini ortda qoldirgan holda, mezbonlar jarima maydonchasi ichiga katta tezlikda yorib kirib, to‘pni darvozaga aniq yo‘llagan holda, hisobdagi farqni oshirdi - 0:2.

Ikkinchi bo‘limni faol tarzda boshlagan vakillarimiz 46-daqiqada hisobning yirik ko‘rinish olishini ta’minlashdi. Raqib futbolchisidan qanotda to‘pni olib qo‘ygan Jamshid Iskanderov to‘pni mezbonlar jarima maydonchasi ichidagi Oston O‘runovga yetkazib berdi. Oston esa osonlik bilan to‘pni darvoza to‘riga joylab, o‘z "dubl"ini nishonladi - 0:3.

69-daqiqada Muhammadrizo Ozodiy jarima maydonchasi ichiga havolatib uzatilgan to‘pni boshi bilan darvozaga annq yo‘llab, hisobdagi farqni qisqartirdi - 1:3.

Ushbu g‘alaba tufayli "Navbahor"ning ochkolari 10 taga yetgan bo‘lsa, "Al-Hilol"da shuncha ochko mavjud. Ushbu jamoalar guruhdagi dastlabki ikki o‘rinni egallashi aniq bo‘ldi.

OCHL. «D» guruhi, 4-tur
"NASSAJIY MOZANDARON" - "NAVBAHOR" - 1:3 (0:2)
Gollar:
Muhammadrizo Ozodiy (68) — Igor Golban (8), Oston O‘runov (21, 46)
Ogohlantirishlar: Filip Ivanovich (73), Jamshid Boltaboyev (90+4)
"Navbahor": Yusupov, Milovich, Yo‘ldoshev, O‘runov, Iskanderov (Azimjon Ahmedov 88), Ivanovich, Boltaboyev, Ismoilov (Abdumannopov 78), Abduxoliqov (Sobirjonov 78)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!