Norvegiyada morjni bezovta qilgan sayyoh jarimaga tortildi

Norvegiyada morjni bezovta qilgan sayyoh jarimaga tortildi

Norvegiyaning Shpitsbergen shahrida sayyoh morj uxlab yotgan muz bo‘lagiga qadam qo‘ydi va buning uchun 1100 dollar jarimaga tortildi.

Bu haqda viloyat hokimi saytida ma’lumot berilgan.

24 aprel kuni sayyoh Shpitsbergen arxipelagining Longyarben hududida dam olayotgan jonivorga yaqinlashgan. Bu bilan u hayvonlarning ortiqcha bezovtalanishini taqiqlovchi mahalliy ekologik qonunni buzgan.

Qolaversa, hatto qishloqda transport harakatini hayvonot olamiga keraksiz bezovtalik keltirmaydigan tarzda boshqarish kerak.

Arxipelag polisiyasi bunday harakatlar nafaqat mahalliy qonunlarni buzishi, balki aholi xavfsizligiga ham xavf tug‘dirishi haqida ogohlantirgan.

«BBC»ning qo‘shimcha qilishicha, sayyoh Norvegiyaga Polshadan kelgan. U suratga olish uchun morjga yaqinlashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!