Nigeriyada yomg‘ir tufayli qamoqxonadan 118 nafar mahbus qochib ketdi

Nigeriyada yomg‘ir tufayli qamoqxonadan 118 nafar mahbus qochib ketdi

Nigeriyadagi qamoqxonadan yomg‘ir tufayli devor qulaganidan so‘ng kamida 118 nafar mahbus qochib ketgan. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Hodisa Nigeriya poytaxti yaqinidagi Suleja shahridagi qamoqxonada yuz bergan.

Axloq tuzatish xizmati xodimlari boshqa huquq-tartibot idoralari ko‘magida qochqinlarni qidirmoqda va hozirgacha ulardan faqat o‘n nafarini qo‘lga olishga muvaffaq bo‘lgan.

"Bir necha soat davom etgan yomg‘ir o‘rtacha xavfsizlik darajasidagi qamoqxonaning bir qismini, shu jumladan devori va unga tutash binolarni vayron qildi", – deydi Axloq tuzatish xizmatlari vakili Adamu Duza.

U qochqinlarning shaxsini va boshqa tafsilotlarni oshkor qilmagan, biroq “Boko Haram” guruhi a’zolari qamoqxonada jazo muddatini o‘tagani ma’lum.

Qayd etish kerak, qamoqxonadan qochish Nigeriyada katta xavfsizlik muammosiga aylandi, chunki mahbuslarning ko‘pligi, yetarli mablag‘ yo‘qligi va xavfsizlikning zaifligi qochish uchun qulay sharoit yaratmoqda.

So‘nggi yillarda yomon infratuzilma va jangarilarning hujumlari tufayli minglab mahbuslar qochib ketgan. Ayniqsa, 2022 yil iyul oyida ISHID jangchilari poytaxt Abujadagi qattiq tartibli qamoqxonaga hujum qilganda, kamida 440 mahbus qochib ketgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!