Nazarboyevning jiyani lavozimida ishlashda davom etmoqda — manba

Nazarboyevning jiyani lavozimida ishlashda davom etmoqda — manba

Qozog‘iston birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani Samat Abish respublika Milliy xavfsizlik qo‘mitasining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlashda davom etmoqda, deb xabar berdi 8 yanvar kuni “Interfaks”ga MXX matbuot xizmati.

“Birinchi o‘rinbosar ham ishlamoqda”, — dedi agentlik suhbatdoshi.

Kecha, 7 yanvar kuni Samat Abish hibsga olingani haqidagi ma’lumot tarqaldi, biroq keyinroq Milliy xavfsizlik qo‘mitasi bu ma’lumotni rad etib, buni “provokasiya” deb atadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!