“Naymancha”da firibgarlik

“Naymancha”da firibgarlik

Farg‘ona viloyati. 2020 yilning fevral oyida 38 yoshli Shuhratjon A., o‘zgalar mulkini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, tanishi Dang‘ara tumani Rahmatillo qishlog‘ida yashovchi 29 yoshli No‘monjon R.,ga Naymancha MMTP hududidan fermer xo‘jalik yerlarini olib berishni va’da qilib, 6 100 AQSh dollar pul mablag‘larini olib, bergan va’dasini bajarmasdan o‘z ehtiyoji yo‘lida sarflab yuborgan.

Mazkur holat yuzasidan Dang‘ara tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Shuhratjon A.,ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!