Navoiyda keliniga tan jarohati yetkazgan qaynonaga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Navoiyda keliniga tan jarohati yetkazgan qaynonaga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

13 oktyabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Navoiy viloyati Xatirchi tumani sudining ochiq sayyor sud majlisida nabirasini himoya qilgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi ko‘rib chiqildi.

Jinoyat tafsilotlariga ko‘ra, 1967 yilda to‘g‘ilgan Xamrayeva Anora (shaxsi o‘zgartirilgan) 2020 yil 26 avgust kuni soat tahminan 19:00da Xatirchi tumani Fidokor MFY hududida joylashgan yashash xonadonining orqa tomonida voyaga yetmagan nabirasi Sultonaliyev Abdizoyir Jabbor o‘g‘lini Samarqand shahar “Obod maskan” MFY hududidagi yashash xonadoniga olib ketish uchun kelgan sobiq kelini Qaxxorova Oybarchin Abdullayevna bilan oilaviy nizo sababli janjallashib qolgan. Janjal vaqtida O.Qaxxorovani qasddan tanasining burun sohasiga urib Xatirchi tumani STEBning 29.08.2020 yildagi №816-sonli xulosasiga ko‘ra, “sog‘liqni qisqa muddatga buzilishiga olib kelgan yengil tan jarohati” yetkazgan.

Sud, A.Xamrayevani sodir etgan jinoyatining xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini, muqaddam sudlanmaganligini, uning aybiga to‘liq iqrorligini, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini, inobatga olib, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 109-moddasi 2-qismi bilan aybli deb topilib, shu modda bilan 10 (o‘n) oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!