NATO a’zolari Kiyevga 40 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatishga kelishib oldi

NATO a’zolari Kiyevga 40 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatishga kelishib oldi

NATO davlatlari 2025 yilda Kiyevga 40 milliard yevro yordam ko‘rsatishga kelishib oldi. Harbiy yordam to‘g‘risidagi qaror 9—11 iyul kunlari Vashingtonda bo‘lib o‘tadigan NATO sammitida tasdiqlanishi rejalashtirilgan, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi ikki g‘arb diplomatiga tayanib.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg avvalroq NATO davlatlarini Ukrainaga yiliga kamida 40 milliard yevro miqdorida yillik yordam kafolati bo‘yicha ko‘p yillik majburiyatlarni olishga chaqirgan edi.

NATO davlatlari bu taklifni qo‘llab-quvvatlamadi, ammo bo‘lajak NATO sammitlarida ittifoqchilar hissalarini ko‘rib chiqishga kelishib oldilar.

Reuters manbasiga ko‘ra, ittifoqchilar Ukrainaga kim nima yetkazib berayotganini aniqlash uchun 2025 yil davomida ikkita hisobot tayyorlashga ham kelishib olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!