Namanganda kreditini to‘lolmagan fuqaroning Jetour’i xatlandi

Namanganda kreditini to‘lolmagan fuqaroning Jetour’i xatlandi

Namangan viloyati Uychi tumanida bankdan olgan kreditini to‘lolmagan fuqaroning Jetour’i xatlandi. Bu haqda MIB axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Unga ko‘ra, Majburiy ijro byurosi Namangan viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘basi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida bank garovidagi Jetour transport vositasi topildi. Fuqaro A.M.ga mahalliy banklardan biri xorijiy kapital ishtirokidagi tijorat bankidan o‘zaro shartnomaga asosan kredit ajratilgan. Biroq olingan kredit majburiyatlari o‘z vaqtida bajarilmagan.

Bank sudga da’vo bilan qarzdorlikni majburiy tartibda undirish bo‘yicha murojaat qilgan. Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudi tomonidan bank foydasiga 238 million 147 ming so‘m kredit qarzdorlikni undirish, undiruv esa mashinaga qaratish belgilandi.

Mazkur sud ijro varaqasi Byuroning Uychi tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan. Fuqaroga qarzdorlikni ixtiyoriy muddatda bartaraf etish so‘ralgan. U qarzdorlikni to‘lamagach, majburiy ijro harakatlari olib borilgan.

Olib borilgan qidiruv natijalarida qarzdor tomonidan mashina yashirib qo‘yilgan joydan topilib, xatlash choralari ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!