Namanganda 36 yoshli erkak karantindan qochdi

Namanganda 36 yoshli erkak karantindan qochdi

28 mart, shanba kuni, Namangan viloyati Norin tumanida yashovchi 36 yoshli J.M. karantinga olingan bo‘lsa-da, karantin joyini o‘zboshimchalik bilan tashlab ketganligi aniqlandi.

IIV matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, fuqaro Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish)ga ko‘ra, ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Ushbu moddada belgilangan harakatlarni sodir etiganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravarigacha (27 mart holatiga ko‘ra, 1 million 115 ming so‘m) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!