Nahot! Yangi yilni kutib ololmaymiz. Dahshatli fojia yaqinlashmoqda...

Nahot! Yangi yilni kutib ololmaymiz. Dahshatli fojia yaqinlashmoqda...

Olimlarning ta’kidlashlaricha, bu safar fojiadan qutilish qiyin. Ularning xabar berishlaricha, bu dahshat 16 dekabr kuni sodir bo‘ladi, deydi “zelv.ru”.

Aniqlanishshicha, ayni shu kuni Yer noma’lum sayyora nomini olgan Nibiru bilan to‘qnashadi.

Garchi mutaxassislarning hammasi bunday fikrga qo‘shilmagan bo‘lsalar-da, kimdir "O‘lim yulduzi" allaqachon Quyosh sistemasining chegarasini kesib o‘tgan deb o‘ylashadi, bir necha haftadan so‘ng u Mars bilan to‘qnashadi va natijada Yer orbitadan chiqib ketadi.

NASA mutaxassislarining aytishicha esa Nibiru yo‘q va qo‘rqishga ham hojat yo‘q. Ularning bu fikrlarini Perm universiteti mutaxassisi Kirill Siberkin ham tasdiqladi. Uning aytishicha, Nibiru qadimgi shumer xalqlarining afsonasi bo‘lib, bu sayyora galaktika bo‘shliqlaridan topilmagan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!