"MYu" Arauxo variantidan voz kechgan

"MYu" Arauxo variantidan voz kechgan

"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi dargumon.

Jurnalist Matteo Morettoning fikricha, “qizil iblislar”ning Arauxoga bo‘lgan qiziqishi sovugan. Xabar qilinishicha, ingliz grandi "Bavariya" himoyachisi Matteys de Ligt variantiga o‘tishga qaror qilgan.

Manbaning ta’kidlashicha, "Barselona" sport direktori Deku Arauxoning agentlari bilan mehnat shartnomasini uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!