Muxlisasi undan farzand kutayotganini aytgan xonanda DNK o‘tkazishga majbur bo‘ldi

Muxlisasi undan farzand kutayotganini aytgan xonanda DNK o‘tkazishga majbur bo‘ldi

"Ivanushki" guruhining solisti Andrey Grigoryev-Appolonov sud yordami bilan Olesya Sazikina bilan aloqasi yo‘qligini isbotlamoqchi.

Qo‘shiqchi hatto yolg‘onchini fosh etish uchun DNK sinovidan ham o‘tdi.

Bir necha kun oldin Olesya Appolonovni o‘g‘lini tashlab ketganlikda aybladi. Musiqachi o‘zi “merosxo‘r”uning borligini biladi, lekin unga hech qachon moliyaviy jihatdan yordam bermagan va ko‘rgani ham bormagan.

Ma’lum bo‘lishicha, 7 yil avval ushbu guruhning reklama ishlari bilan shu’gullangan Olesya va Appollonov o‘rtasida ishqiy munosabatlat paydo bo‘ladi v aloqalar qizning homilador bo‘lib qolishi bilan yakunlanadi. Qo‘shiqchi esa hayotini boshqasi bilan bog‘lash uchun qizni tashlab ketishga qaror qildi.

Haqiqatni endigina oshkor qilga qizning so‘zlariga ko‘ra, "Ivanushki" solistining o‘g‘li hozir olti yoshda.

Yuqorida ta’kidlanganidek, yulduz DNK topshirgan bo‘lib, natija bir necha kundan keyin ma’lum bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!