Musulmon ayol birinchi marta AQSh kongressmeniga aylanishi mumkin

Musulmon ayol birinchi marta AQSh kongressmeniga aylanishi mumkin

Asli falastinlik bo‘lgan amerikalik ayol Rashida Tlaib AQSh kongressiga dastlabki saylovlarda g‘olib bo‘ldi, deb yozadi «daryo.uz». U kongressmen lavozimini egallagan birinchi musulmon ayolga aylanishi mumkin.

Bu Demokratik partiya vakilasi Tlaib uchun birinchi bunday muvaffaqiyat emas. 2008 yilda u Michigan shtatining qonun chiqaruvchi organidagi ilk musulmon ayolga aylangan edi.

7 avgust, seshanba kuni Michigandagi dastlabki saylovlar chog‘ida u o‘zining besh nafar partiyadoshini ortda qoldirdi. Respublikachilar ushbu saylovlarda qatnashmaganini hisobga olganda, Tlaibning raqobatchilari bo‘lmaydi va u noyabrda o‘tkaziladigan oraliq saylovlarda g‘olib bo‘lib, kongressdan joy egallashi deyarli aniq.

Tlaib kongressda hammabop tibbiy sug‘urta, soatiga 15 dollar minimal ish haqida va AQSh immigrasiya-bojxona polisiyasini tugatish kabi bir qator g‘oyalarni ilgari surmoqchi.

2018 yilgi saylovlarda boshqa shtatlardan ham musulmon ayollar qatnashmoqda, shu sababli Tlaib Amerika kongressidagi birinchi, ammo yagona musulmon ayol bo‘lmaydi. Shunga qaramay, Tlaib kelib chiqishi amerika-falastinlik bo‘lgan birinchi kongressmen ayolga aylanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!