Mubashshir Ahmad: «Masjidlarda jumadan tashqari kunlarda ham mav’izani yo‘lga qo‘yish kerak»

Mubashshir Ahmad: «Masjidlarda jumadan tashqari kunlarda ham mav’izani yo‘lga qo‘yish kerak»

Azon.uz axborot-tahliliy portali rahbari Mubashshir Ahmad o‘zining feysbukdagi sahifasi orqali jumadan tashqari kunlarda ham masjidlarda mav’iza qilish taklifini berdi.

Oldinlari bo‘lganidek masjidlarda oddiy kunlarda ham mav’izani yo‘lga qo‘yish kerak. To‘g‘ri, juma tezislarining asosi O‘zbekiston musulmonlari idorasidan berilgani ma’qul. Hafta mavzusi hamma joyda bir xil yangraydi. Qolaversa Misr, Turkiya kabi musulmon mamlakatlarda ham bu tajriba o‘zini oqlagan. Ammo faqat juma kuni va’z qilinishi kam, juda ham kam.

Asoslab beraman:
1. Dinni o‘rganish, qalblarni doimiy uyg‘oq saqlab turish uchun xaftada 25 minut kifoya qilmaydi.

2. Jinoyatchilik ko‘payib borayotgan kunlarimizda poklikni, axloqni va rostlikni ta’lim beradigan darslarga ehtiyojimiz juda katta. Davlatning ham.

3. Va’z qilish imomlarga ham foydali. Malaka oshadi, o‘z ustlarida ishlashadi. Ularni xalqqa yanada yaqinlashtiradi.

4. Korrupsiyaga, fohishabozlikka va umuman jinoyatchilikka qarshi kurashish davlat siyosati darajasiga chiqdi. O‘g‘irlik va porani harom, zinoni yomon yo‘l ekanini o‘rgatish ayni siyosatning talabiga muvofiq keladi.

5. Yuqoridagilardan kelib chiqib savol: masjidning ichida, mutaxassis va mas’uliyatli imomlarning xalqni yomonlikdan qaytarib, yaxshilikka buyurishining nimasi yomon? Bu kimga va nima uchun yoqmaydi?

Shuning uchun peshin yo xufton namozlari paytida imomlarning namozxonlarga 5-10 daqiqa va’z-nasihat qilishlarini taklif etaman. Bundan hamma yutadi .

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!