Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» o‘tkazildi

Toshkentda «Otliq kavaleriya paradi» o‘tkazildi

Poytaxtimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan «Jasorat millat g‘ururi va iftixori» shiori ostida kuch tuzilmalari va O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi hamkorligida tashkil etilgan «Otliq kavaleriya paradi» shahrimiz aholisi va ko‘plab mehmonlarga hamda jajji bolajonlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

Parad ishtirokchilari «O‘zbekiston» mehmonxonasi avtoturargohidan Amir Temur xiyoboni bo‘ylab yurdi.

Mazkur tadbirda turli vazirlik va tashkilotlardan, Milliy gvardiya Faxriy qorovul batalyoni kavaleriya eskadroni, Milliy gvardiya Chavandozlar maktablari, Ichki ishlar vazirligi, Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasining otliq otryadi, O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi, Ot sporti bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi chavandozlari sport otlarida ishtirok etdi.

Milliy gvardiya harbiy orkestrlari ijrosidagi musiqa sadolari ostida otliq kavaleriya bo‘linmalari harakatlarining jozibadorligi hamda ochiq osmon ostidagi bayramona tadbir yig‘ilganlarga bir olam quvonch ulashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!