Afg‘onistondagi 3 kunlik suv toshqinlari oqibatida 2 mingdan ortiq hayvonlar yo‘qoldi

Afg‘onistondagi 3 kunlik suv toshqinlari oqibatida 2 mingdan ortiq hayvonlar yo‘qoldi

Oxirgi 3 kun ichida Afg‘onistonning turli viloyatlarida suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘ldi.

Afg‘oniston Muvaqqat hukumatining tabiiy ofatlarni boshqarish vazirligi matbuot kotibi mulla Xanan Saik bu borada matbuot bayonotini berdi.

Saikning aytishicha, mamlakatning Hirot, Sar-e Pol, Ferah, Lagmon, Nuriston va Xost kabi 14 viloyatida toshqin sodir bo‘lgan.

Uning qayd etishicha, 3 kun ichida suv toshqinlari oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan, 140 ta uy vayron bo‘lgan, 2 mingdan ortiq hayvonlar yo‘qolgan.

Afg‘onistonda qish oylarida qorning erishi, ob-havoning isishi, kuchli yog‘ingarchilik va infratuzilmaning etarli darajada yo‘qligi natijasida suv toshqinlari qurbonlar va mulkiy yo‘qotishlarning ortishiga olib kelmoqda. Mamlakatda har yili yuzlab odamlar shu sababdan vafot etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!