Muhammad Saloh Premyer-ligada oldin hech kim qila olmagan ishni bajardi

Muhammad Saloh Premyer-ligada oldin hech kim qila olmagan ishni bajardi

Muhammad Saloh Premyer-ligada gollarda ishtirok etish bo‘yicha rekord o‘rnatdi.

"Liverpul" APLning 36-turida "Tottenxem"ga qarshi o‘ynadi (4:2). Misrlik futbolchi bahsda gol va golli uzatmani amalga oshirdi.

Saloh Premyer-liga tarixida ketma-ket uch mavsumda 10+ gol urgan va 10+ golli uzatma bergan birinchi futbolchidir. Joriy turnirda Muhammad hisobida 29 o‘yinda 18 ta gol va 10 ta golli uzatma bor.

Shuningdek, u ushbu musobaqada besh xil mavsumda 10+ gol urgan va 10+ golli uzatma bergan Ueyn Runidan keyin ikkinchi futbolchiga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!