Eldor Shomurodov A Seriyadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi

Eldor Shomurodov A Seriyadagi 100-o‘yinini o‘tkazdi

Italiya A Seriyasining 35-turida Eldor Shomurodov to‘p tepayotgan "Kalyari" o‘z maydonida "Lechche"ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

26-daqiqada mezbonlar vakili Yerri Mina hisobni ochdi. 44-daqiqada esa Gaetano maydondan chetlatildi.

"Lechche" son jihatdan ustunlikdan 84-daqiqaga kelib foydalandi. Krstovich muvozanatni tikladi - 1:1.

Sardiniyaliklar safida Eldor Shomurodov o‘yinni zaxira o‘rindig‘ida boshlagan bo‘lsa-da, 68-daqiqada Luvumbu o‘rniga maydonga tushdi. E’tiborlisi, bu bahs Eldor uchun A Seriyadagi 100-o‘yinga aylandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!