Maduro AQShni Gayanani Venesuelaga hujum qilishga tayyorlaganlikda aybladi

Maduro AQShni Gayanani Venesuelaga hujum qilishga tayyorlaganlikda aybladi

Qo‘shma Shtatlar Lotin Amerikasi mintaqasini harbiylashtirmoqda va Ukrainani Rossiyaga qarshi tayyorlaganidek, Gayanani Venesuelaga hujum qilishga tayyorlamoqda. Bu haqda Venesuela ijrochi vise-prezidenti Delsi Rodrigesning X sahifasida ma’lum qildi. U respublika prezidenti Nikolas Maduroning bayonotidan iqtibos keltirgan.

«Lotin Amerikasi va Karib dengizi tinchlik zonasi bo‘lib qolishi kerak, xalqlar bizning mintaqamizni Amerika harbiylashtirishga qarshi turishi kerak», dedi Rodriges. U o‘z akkauntida Venesuela prezidenti Nikolas Maduro mudofaa vaziri Vladimir Padrino Lopes bilan suhbatda «Gayana Lotin Amerikasi va Venesuelada tinchlikka tahdid markaziga aylanganini» ta’kidlagan videoni joylashtirdi.

Prezident «Markaziy razvedka boshqarmasining 12 ta bazasi va 14 ta maxfiy [AQSh janubiy qo‘mondonligi] bazasi allaqachon Gayanada joylashtirilganini» aytdi va «bu haqda o‘z vaqtida dalillarni taqdim etishga» va’da berdi. Maduroning ta’kidlashicha, «ular [AQSH] Ukrainani Rossiyaga qarshi tayyorlaganidek, Gayanani ham bunga tayyorlaganlar». Maduro bu haqda Gayana bilan hududiy mojaro avj olgan bir paytda bayonot berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!