Mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda Luis Neri taroziga chiqdi

Mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue hamda Luis Neri taroziga chiqdi

Yaponiya poytaxti Tokio shahrida professional boks kechasi o‘tkaziladi.

Oqshomning markaziy jangida birinchi yarim yengil vazn toifasida mutlaq jahon chempioni Naoya Inoue WBC kamari uchun majburiy da’vogar, sobiq jahon chempioni Luis Neriga qarshi ringga ko‘tariladi.

Bokschilar tarozidan o‘tish hamda face to face marosimlarida hozir bo‘lishgan. Har ikki bokschi belgilangan vazn me’yorini bajargan. Yaponiyalik 31 yoshli Inoue 55,22 kg, meksikalik 29 yashar Neri esa 54,79 kg tosh bosdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!