Rossiya Ichki ishlar vazirligi Danilovni ham qidirmoqda

A A A
Rossiya Ichki ishlar vazirligi Danilovni ham qidirmoqda

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukraina Milliy xavfsizlik kengashining sobiq kotibi Oleksiy Danilovni qidiruvga berdi.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

«1962 yil 7 sentyabrda Lugansk viloyatining Krasniy Luch shahrida tug‘ilgan Oleksiy Myacheslavovich Danilov Rossiya Federasiyasi Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgan», — deyiladi ma’lumotlar bazasida.

Uning qanday jinoyatda gumon qilinayotgani aniq emas.

Bundan tashqari, Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlar bazasidan ma’lum bo‘lishicha, Ukraina sobiq tashqi ishlar vaziri Pavel Klimkin ham qidiruvda. U Rossiya Jinoyat kodeksining moddalaridan biri bo‘yicha qidiruvga berilgan. Ma’lumotlar bazasiga ko‘ra, qidiruvdagilar orasida Ukraina Oliy Radasining sobiq raisi, ushbu mamlakat bosh vazirining sobiq o‘rinbosari Vladimir Groysman ham bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!