Rossiya IIV yana ikki ukrainalik siyosatchini qidiruvga berdi

A A A
Rossiya IIV yana ikki ukrainalik siyosatchini qidiruvga berdi

Rossiya Ichki ishlar vazirligi Ukrainaning sobiq ichki ishlar vaziri Arsen Avakov va sobiq axborot siyosati vaziri Yuriy Stetsini qidiruvga berdi.

Bu haqda Rossiya Ichki ishlar vazirligi ma’lum qildi.

«Avakov Arsen Borisovich. U Jinoyat kodeksining moddasi bo‘yicha qidiruvga berilgan», — deyiladi muassasa ma’lumotlar bazasida.

Eslatib o‘tamiz, Avakov 1964 yilda Boku shahrida tug‘ilgan. Asli arman bo‘lgan siyosatchi 2014 yildan 2021 yilgacha Ukraina Ichki ishlar vazirligini boshqargan. 48 yoshli Yuriy Stetsi besh yil davomida - 2014 yildan 2019 yilgacha axborot siyosati lavozimida ishlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!