Yulduz murabbiylar "Bavariya"ni rad etishmoqda

Yulduz murabbiylar "Bavariya"ni rad etishmoqda

Germaniya terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Yoaxim Lyov «Bavariya»ning taklifini qabul qilmadi.

Bu haqida nemis jamoasining sport direktori Maks Eberl ma’lum qildi.

«U biz bilan ishlash niyati yo‘qligini ochiqchasiga ma’lum qildi. Shundan so‘ng uni bosh murabbiy postiga tayinlash borasida muzokaralar olib bormadik. Jamoamizga mos tushadigan murabbiy izlashda davom etamiz», — dedi direktor.

Ma’lumot uchun, Yoaxim Lyov 2006-2021 yillar oralig‘ida Germaniya terma jamoasini boshqargan. Uning qo‘l ostida nemislar 2014 yilda Jahon chempionligini qo‘lga kiritishgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!