Mojaro: Buxoroda 55 yoshli erkak pichoqlandi

Mojaro: Buxoroda 55 yoshli erkak pichoqlandi

Buxoro. 2020 yilning 02 fevral kuni taxminan 19:30 larda, Vobkent tumani, Gavuzduvon qishlog‘ida yashovchi 31 yoshli O.G. mahalladoshi 55 yoshli D.U. bilan o‘zaro bir-birini haqoratlab janjallashib, janjal vaqtida O.G. yonida bo‘lgan pichoq bilan D.U.ning qorniga tan jarohati yetkazgan.

Natijada, D.U. sanchilib kesilgan jarohatlar bilan shifoxonaga murojaat qilgan, ayni vaqtda D.U.ning sog‘lig‘i yaxshilangan. 

Mazkur holat yuzasidan Vobkent tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!