«Modomiki Alloh yaratgan ekan, hech bir maxluqni haqir sanama»

«Modomiki Alloh yaratgan ekan, hech bir maxluqni haqir sanama»

Payg‘ambarimiz alayhissolatu vassalom Uhud tog‘iga qarata: "Bu tog‘ bizni sevadi va biz uni sevamiz", dedilar. Qarang, hatto tilsiz tosh ham payg‘ambarning sevgi va hurmatlariga munosib bo‘ldi.

Shu sabab Ibn Arabiy aytadi: "To xaloyiqning hammasini ehtirom etmaguncha, dinda hech narsaga erishib bo‘lmaydi. Modomiki Alloh yaratgan ekan, hech bir maxluqni haqir sanama".

Allohni sevish, Uning maxluqlarini sevish va U yaratgan yerlar, osmonlar, nabotot, hayvonot va basharni sevish barcha haq dinlarning javharidir.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!