Misrda hamshira kislorodsiz qolgan yetti chaqaloqni qutqardi

Misrda hamshira kislorodsiz qolgan yetti chaqaloqni qutqardi

Misr janubidagi Kena shahridagi tug‘ruqxonada hamshira kislorod yetkazib berilishi to‘satdan to‘xtab qolgani uchun hayoti xavf ostida bo‘lgan yetti nafar yangi tug‘ilgan chaqaloqni qutqarib qoldi.

Hodisa xususiy klinikalardan birida sodir bo‘lgan. Shodiya Husaynning aytishicha, ish paytida yangi tug‘ilgan chaqaloqlar bo‘limiga kislorod yetkazib berish tizimida to‘satdan portlash sodir bo‘lgan, u yerda bir kunlikdan 20 kunlikkacha bo‘lgan sakkiz nafar chaqaloq bo‘lgan.

Hamkasblari yordamida tez yordam xizmatiga xabar berganidan so‘ng, u bolalarni qutqarishga va tez yordam mashinalarida boshqa klinikalarga yuborishga muvaffaq bo‘ldi. Faqat bir chaqaloqni qutqarib qolishning iloji bo‘lmagan.

Kena prokuraturasi kislorod yetkazib berishning to‘satdan to‘xtatilishi va bolaning o‘limi yuzasidan tergov boshladi, deb xabar beradi «RIA Novosti».


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!