Mirziyoyev Lukashenkoga sovg‘a berdi

Mirziyoyev Lukashenkoga sovg‘a berdi

Ushbu belaruslik shoirning «Qadrdon qo‘shiqlar» («Rodnie pesni») nomli kitobi yaqindagina O‘zbekistonda nashrdan chiqqandi.

«U xalqlarimizning do‘stligini, O‘zbekiston zaminini, tabiatini, o‘zbek xalqi fazilatlarini kuylagan», degan Shavkat Mirziyoyev.

Prezident Yakub Kolasni O‘zbekistonda juda ardoqlashganini aytib o‘tgan. 

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Toshkentdagi Yakkachinor ko‘chasi nomi Yakub Kolas nomiga o‘zgartirilgandi va uning byusti o‘rnatilgandi. 

Yakub Kolas (1882-1956) yangi belarus adabiyotining asoschilaridan biri, jamoat arbobi. 1926 yilda Belarus SSR xalq shoiri, 1928 yilda Belarus SSR fanlar akademiyasining akademigi, 1944 yilda Belarus SSR faxriy olimi unvonlari bilan taqdirlangan. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!