MIB yana bir bor xalqaro munosabatlarga kirishdi

MIB yana bir bor xalqaro munosabatlarga kirishdi

Joriy yilning 3 dekabr kuni O‘zbekistonning taklifiga binoan Tojikiston Respublikasining Hukumat huzuridagi Ijro xizmati boshlig‘i I.M.Idriszoda boshchiligidagi delegasiya tashrif buyurdi.
Tashrifdan ko‘zlangan maqsad – O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi va  Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati o‘rtasida ikki tomonlama munosabatlarni yaxshilash, shuningdek ikki davlatning majburiy ijro xizmatlari o‘rtasidagi ustuvor yo‘nalishlar va istiqbolli hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Ta’kidlash joizki, bu ikki mamlakatlarning tarixiy uzviy bog‘liqligini hamda o‘zaro iqtisodiy va siyosiy jihatdan almashinish o‘sib borayotganligini hisobga olganda, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalari manfaatlariga xizmat qiladigan ikki idoralar o‘rtasidagi foydali hamkorlik muhim ahamiyatga ega.
Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati boshlig‘i I.M.Idriszoda Bosh prokuratura, Bosh prokuratura Akademiyasi hamda Majburiy ijro byurosiga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida, Bosh prokuraturada Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati va Byuro rahbarlari o‘rtasida rasmiy muzokaralar o‘tkazildi.  
Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati va Byuro o‘rtasida kelgusida ikki tomonlama anglashuv va hamkorlik qilishning huquqiy asosi hisoblanuvchi Memorandum imzolandi. 
Memorandumda ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlashni nazarda tutuvchi, ma’lumot va tajriba almashish, hamkorlikdagi tadbirlarni o‘tkazib borish, shuningdek sud qarorlarining majburiy ijro qilish masalalari yuzasidan bevosita maslahatlashuvlarni o‘rnatish nazarda tutilgan.
Bosh prokuraturada Majburiy ijro byurosi faoliyati va O‘zbekiston Respublikasidagi sud va boshqa organlar hujjatlarining ijro etish tizimiga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi.
Tojikiston Respublikasi delegasiyasiga O‘zbekiston Respublikasining majburiy ijro tizimidagi amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumot berildi. 
Byuroda ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari bo‘yicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi, elektron savdo maydonchasi orqali ijaraga berish mexanizmlari va yaratilayotgan boshqa yangiliklar alohida qiziqish tug‘dirdi.
Shu bois, Tojikiston Respublikasi delegasiyasi O‘zbekiston Respukblikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi “E-IJRO AUKSION” elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish markaziga tashrif buyurdi.
Tojikiston Respublikasi Ijro xizmati a’zolari tomonidan oxirgi yillarda majburiy ijro sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar tufayli erishilayotgan natijalar yuksak baholandi, shuningdek, idoralar o‘rtasida hamkorlik o‘zaro amaliy xususiyatga ega ekanligi ta’kidlanib, imzolangan Memorandum doirasida kelgusidagi hamkorlikni mustahkamlash choralari muhokama qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!