Maxsus strelka: Latviya koronavirusga qarshi ajoyib usulda kurashmoqda

Maxsus strelka: Latviya koronavirusga qarshi ajoyib usulda kurashmoqda

Ayni damda koronavirusga qarshi kurash bo‘yicha Latviya yuqori o‘rinlarda turibdi.

"ANIQ.UZ"ning Latviyadagi manbasining xabar berishicha, ushbu davlatda o‘ziga xos tartib joriy qilingan.

Xususan, odam gavjum bo‘ladigan joylarda, ayniqsa, magazinlarda oralig‘i bir metrdan uzoq bo‘lgan strelkalar qo‘yilgan. Har bir mijoz magazinga kirgach, ana o‘sha strelkaning ustida turishi kerak. Oldingi strelkada turgan odam ishini bitirib, chiqib ketganidan keyingina o‘rnini ikkinchi strelkadagi odam egallaydi. Qizig‘i, bu jarayon juda batartib amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, sotuvchilarga pul uzatish mumkin emas. Siz pulni stol ustiga qo‘yasiz, sotuvchi pulni o‘sha yerdan oladi. Qo‘lma-qo‘l narsa uzatilmaydi.

Har bir jamoat joyida bir martalik qo‘lqoplar bor. Siz do‘konga kirganingizda qo‘lingizga maxsus qo‘lqop kiyasiz, sotuvchilar esa shunchaki niqob taqishmaydi, ularning ko‘zlari ochiq bo‘ladi, xolos.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!