Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi

Majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi

🔰Farmon bilan quyidagilar tasdiqlandi:

• “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi hamda uni amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
• 2020–2022 yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformasiya qilish dasturlari.

👉 Belgilangan yillarda hudud va tarmoqlarni raqamli transformasiya qilish dasturlari doirasida, jumladan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning turli sohalarida 400 dan ortiq axborot tizimlari, elektron xizmatlar va boshqa dasturiy mahsulotlar joriy etiladi.

👉 Farmon bilan 29 ta namunaviy tuman (shahar)larda 2020 yilda va 2021 yil I choragi yakuniga qadar raqamli transformasiya qilish loyihalari amalga oshiriladi.

👉 2020 yil 1 noyabrdan investisiya loyihalari hamda jalb etilayotgan xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari va donor mamlakatlar mablag‘larining 5 foizdan kam bo‘lmagan qismi "raqamli" komponentlarga yo‘naltiriladi.

📌 Farmonga muvofiq, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish hamda Adliya vazirliklari va ular tasarrufidagi tashkilotlarda “Raqamli idora” loyihasi amalga oshiriladi.

🖥 Loyiha doirasida, jumladan, 2022 yil 1 yanvarga qadar qog‘ozsiz elektron hujjat almashinuvi va ish yuritishni tashkil qilgan holda barcha ma’muriy tartib-taomillar va operasion jarayonlar raqamlashtiriladi.

• 2021 yil 1 avgustdan davlat bojlari, yig‘imlar, jarimalar va boshqa majburiy to‘lovlarni onlayn rejimda to‘lash imkoniyati yaratiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!